Oʻzbekistonda xorijiy kapital koʻmagida nechta korxona faoliyat yuritmoqda

eʼlon qilindi
Kompaniyalarning katta ulushi Rossiya, Xitoy, Turkiya davlarlariga to‘g‘ri keladi
Foto: kantver/Depositphotos

2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan 14,2 ming korxona faoliyat koʻrsatmoqda, deya xabar berdi Davlat statistika agentligi.

Qoʻshma korxonalar soni 4,6 mingtani, xorijiy kompaniyalar soni esa 9,6 mingtani tashkil etadi.

Bunda Rossiyalik sarmoyadorlar kapitali ishtirokida 3 mingdan koʻproq kompaniya tashkil etilgan. Xitoy kapitali orqali 2,5 mingta faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Uchlikni 1,8 mingta bilan Turkiya korxonalari yakunlaydi.

2023-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi $2,2 milliardni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 16 foizga kamdir.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning dastlabki ikki oyida xorijliklar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 26 trillion soʻmga yaqin sarmoya kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek