Qozogʻistonliklar Oʻzbekistonda biznes qilishi istiqbolli deb hisoblaydi

eʼlon qilindi
PwC CEO Survey so‘rovnomalari shuni ko‘rsatdi
Foto: AleksTaurus/Depositphotos

Oʻzbekiston Qozogʻistonning eng yirik kompaniyalari daromadlari oʻsish istiqboli boʻyicha eng muhim boʻlgan uch mamlakat qatoriga kirdi. Bu haqda 27-global PwC CEO Survey so‘rovnomasida maʼlum qilindi.

2023-yilga nisbatan kuchli uchlik oʻzgarmadi, lekin Rossiya va Oʻzbekiston 2 foizlik punktga pasaydi. Ular mos ravishda 49 foiz va 47 foiz egalladi. Xitoyning roli esa 38 foizdan 42 foizga oshdi.

Bundan tashqari, AQSh bilan hamkorlikning ahamiyati 11 foiz punktga oshib, 31 foizdan 42 foizga yetdi.

Qozogʻistonda bu yilgi soʻrovda 60 nafar bosh direktor ishtirok etdi. Dunyo boʻyicha esa 105 davlatdan 4702 nafar rahbar oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi.

Shuningdek