Toshkentda “Tatneft”ning yana bir yonilgʻi quyish shoxobchasi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Avvalroq kompaniya Buxoroda yonilg‘i quyish shoxobchasini ishga tushirgan edi
Foto: «UZA»

«Tatneft-UNG» kompaniyasi 2024-yilning oxirigacha Toshkentda yana bir yonilgʻi quyish shoxobchasi ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Neftgaz.ru» portali xabar bermoqda.

Bungacha korxona Buxoro viloyatida kuniga 20 tonna quvvatga ega yonilgʻi quyish shoxobchasini ochgan edi. 2023-yil aprel oyi holatiga ko‘ra, Oʻzbekistonda «Tatneft» brendi ostida ishlayotgan uchta yonilgʻi quyish shoxobchasi faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilning aprel oyida Rossiyaning «Lukoyl» neft kompaniyasi Oʻzbekistonda ikkita yonilgʻi quyish shoxobchasini ochdi. Respublikamizning turli hududlarida yana oltita yonilgʻi quyish shoxobchasini ishga tushirishni rejalashtirilgan.

«Tatneft-UNG» 2019-yilning kuzida roʻyxatga olingan bo‘lib, ushbu korxonaning nazorat paketi Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga tegishli. Kompaniyaning 49 foiz ulushi «Oʻzbekneftgaz» tegishli.

Qoʻshma korxona Oʻzbekiston hududida yonilgʻi sotish bilan shugʻullanadi.

Avvalroq «Kursiv» Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Abdulaziz Komilovning oʻgʻli Doniyor Komilov kompaniyasi UNG Petro yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻining egasiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek