Oʻzbekistonning Tojikiston bilan savdo aylanmasi qanchani tashkil etadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2023-yil yakunlariga ko‘ra
Foto: Unsplash

2023-yilda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi $756,8 millionni tashkil etdi. Bu haqda «Iqtisodiy sharh» jurnali xabar berdi.

Unda koʻra, eksport hajmi $605,0 millionni tashkil qilgan boʻlsa, import hajmi esa $151,8 millionda yetdi. Shuningdek, Tojikistonning Oʻzbekiston tashqi savdosidagi ulushi: umumiy tovar aylanmasida – 1,2 foiz, eksport – 2,5 foiz va import – 0,4 foizni tashkil etdi.

2023-yilda Oʻzbekistonning Tojikistonga eksporti asosini sanoat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, yonilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina va uskunalar, nooziq-ovqat xomashyosi, xizmatlar tashkil etdi.

Shu bilan birga, Tojikistondan sanoat tovarlari, nooziq-ovqat xomashyosi, yonilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash mahsulotlar oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan.

Avvalroq “Kursiv» Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek