Iqlim oʻzgarishi tufayli dunyo yalpi ichki mahsuloti 19 foizga qisqarishi mumkin — CCN

eʼlon qilindi
Bu haqda CCN nashri Nature tadqiqotiga tayanib xabar bermoqda
Foto: VadimVasenin / www.depositphotos.com

Kelgusi 26 yil ichida dunyodagi iqlim oʻzgarishi hamda u bilan bogʻliq tabiiy ofatlar insoniyatga global yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 19 foizining qisqarishiga olib keladi. Bu haqda CCN nashri Nature tadqiqotiga tayanib xabar bermoqda.

BMT maʼlumotlariga koʻra, kelgusi yuz yillikda sayyorada havo harorati uch darajaga koʻtariladi. Bu nafaqat korporatsiyalar va hukumatlarga, balki insonlarga ham iqtisodiy yukni oshiradi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilarning fikriga koʻra, biznes va hokimiyat tomonidan iqlim boʻyicha majburiyatlarni bajarish dunyo aholisini moliyaviy yoʻqotishlardan qutqarmaydi, balki bu vaziyatni uzoq muddatda yengillashtirishi mumkindir.

prognoz qilingan iqtisodiy zarar turli shakllarda boʻladi: ofatlar natijasida shikastlangan uskunalarni taʼmirlash xarajatlaridan tortib, mehnat unumdorligining pasayishigacha.

Avvalroq «Kursiv» iqlim oʻzgarishi banan narxining oshishiga olib kelishi mumkinligini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek