Yangiliklar

Oʻzbekistonda xalqaro yuk tashish xizmati narxlari oshdi

Bu haqda Xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” “Kursiv”ga ma'lum qildi.
Foto: Kesu01/depositphotos.com

Oʻzbekistonda importdagi yuk tashish narxlari 25 foizga, eksportdagi esa 35 foizga koʻtarildi. Bu haqda Xalqaro «ATI.SU yuk tashishlar birjasi» «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Joriy yilning birinchi chorak yakunlariga koʻra, «ATI.SU yuk tashishlar birjasi»da Oʻzbekistonga import boʻyicha joʻnatilgan buyurtmalar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 51 foizga oʻsdi.

Yetkazib berishda Rossiya, Qozogʻiston va Belarusdan yuk tashishga talab salmoqli oʻsganini koʻrish mumkin.

«2023-yil yakunlariga koʻra, respublika YaIM 6 foizga oʻsdi, jahon iqtisodiyotining oʻsishi esa 3 foizdan oshmadi», deya taʼkidladi «ATI.SU yuk tashishlar birjasi»ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov.

Shu bilan birga, eksport mahsulotlarini tashishda pasayishlar kuzatilgan boʻlsa ham narxlar 35 foizga oʻsdi. Bunda Qozogʻiston va Belarus yoʻnalishidagi yuk tashishlarga buyurtmalar soni biroz kamaydi. Rossiyaga yuk tashishlarga buyurtmalar esa toʻrtdan bir qismga qisqarib ketdi. Bu esa eksport yoʻnalishlarga talabning umumiy pasayishiga olib keldi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda tranzit yuklarni tashish hajmi 23 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.