Qirgʻizistonda Oʻzbekiston hududiga olib oʻtuvchi yerosti tunneli topildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Unsplash

Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari xodimlari Oʻzbekiston hududidan noqonuniy ravishda yuk va odamlarni olib oʻtish bilan shugʻullangan fuqaroni qoʻlga oldi, deb xabar qildi Qirgʻiz respublikasi IIV.

Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan kontrabandachilarni qoʻlga olish boʻyicha maxsus operatsiya oʻtkazildi. Natijada chegaradan odam va buyumlarni olib oʻtayotgan 39 yoshli fuqaro qoʻlga olindi. Oʻzbekiston fuqarosi bundan avval ham mamlakatda qoʻlga olingan va noqonuniy migratsiyada gumon qilingan edi.

Operatsiya davomida xodimlar Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga kontrabanda mahsulotlarini olib oʻtishda foydalanilgan yerosti tunnelini topdi. Bundan tashqari, $30 ming tovarlar: dori vositalari, tibbiy buyumlar va psixotrop moddalar saqlanadigan omborxona ham aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qirgʻiz respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Noqonuniy migratsiyani tashkil etish, migrantlarni noqonuniy olib kirish (olib chiqish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Avvalroq «Kursiv» Markaziy Osiyo davlatida eng koʻp jinoiy ish qaysi davlatda ekanligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek