Xitoy yuani xalqaro to‘lovlar uchun tobora ommabop valyutaga aylanmoqda

eʼlon qilindi
Swift tizimi orqali
Rasm: Unsplash

Mart oyida Swift xalqaro bank tizimi orqali Xitoy yuanida rekord miqdorda tranzaktsiyalar amalga oshirildi. Ularning ulushi 4,69 foizni tashkil etdi, deb yozadi «Kommersant» to‘lov ma’lumotlariga tayanib.

Shu bilan birga, yuan tizimdagi hisob-kitoblar hajmi bo‘yicha milliy valyutalar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Peshqadamlikni Amerika dollari (47,37 foiz) egallab turibdi, yevro (21,93 foiz) ikkinchi, funt sterling esa uchinchi (6,5 foiz).

Avvalroq «Kursiv» Xitoy yuandan butun dunyoda foydalanishini xohlayotganini yozgan edi.

Swift – bu banklar tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro to‘lov va axborot uzatish tizimi.

Shuningdek