Endi kompaniyalar Yandex Go taksi xizmatidan ham foydalanishlari mumkin

eʼlon qilindi
Boshqa shaharlarda ham ishga tushishi rejalashtirilgan
Rasm: Yandeks

Toshkentda kompaniyalar endi Yandex Go taksi xizmatidan foydalanishlari mumkin. Xizmatni O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bunday xizmat kompaniya xodimlari uchun ish safarlarini tashkil qilishni soddalashtiradi, ilova orqali taksi chaqirish va shaxsiy kabinetdagi sayohat hisobotlarini kuzatish imkoniyatini beradi. Yangi xizmat shahar bo‘ylab ish safarlarini tashkil qilish, hamkorlar va mijozlar bilan uchrashuvlar uchun transfer buyurtma qilish, shuningdek, boshqa korporativ vazifalar uchun foydali bo’ladi.

Xizmatga ulanish mobil ilovada «Biznes-akkaunt» toʻlov usulidan foydalanish, korporativ hisobdan sayohatlar uchun toʻlovni amalga oshirish, shuningdek kompaniya hisobidan sayohatlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirish imkonini beradi.

Xizmatga ulanish uchun saytda ariza qoldirish kerak bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda taksi bozorining o‘sishi ikki yillik tezlashuvdan keyin sekinlashgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek