Futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi – video

eʼlon qilindi
Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida bo‘ladi
Rasm: O‘FA

2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Mundial 14-sentyabrdan 6-oktabrgacha respublikaning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida o‘tkaziladi, deb xabar berdi O‘FA.

Turnirda 24 terma jamoa kuch sinashadi. Ayni damda turnirning 17 ta ishtirokchisi ma’lum, qolgan yetti yo‘llanma egasi keyinroq e’lon qilinadi. Musobaqada so‘nggi jahon chempioni Portugaliya, besh karra chempion Braziliya va debyutantlar Fransiya hamda Yangi Zelandiya ishtirok etadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Malayziya ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek