Isroil Eronga javob zarbalarini berdi

eʼlon qilindi
Isfaxon aeroportiga zarbalar berilgani aytilmoqda
Foto: daboost / www.depositphotos.com

Isroil Eronning uchuvchisiz samolyot va raketalar yordamida qilgan hujumiga javoban 19-aprel kuni ertalab Eronga javob zarbalarini berdi. Bu haqda «Fox News» manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, portlashlar Eronning Isfaxon viloyatida sodir boʻlgan, aynan shu viloyatdagi Natanz shahrida yadroviy obyektlardan biri joylashgan. Isroilning yuqori martabali harbiy amaldori jurnalistlarga zarbalar «cheklangan xususiyatga ega» ekanligini aytdi.

Maʼlum boʻlishicha, juma kuni Gʻarbiy Eron ustidan uchadigan tijoriy reyslar hech qanday izohlarsiz parvozlarni toʻxtatgan.

«Interfaks» agentligi Eron televideniyesiga tayanib, Isroilning Isfaxon aeroportiga zarbalar berilgani va aviaqatnovlar cheklangani haqida xabar berdi.

Avvalroq «Kursiv» Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyat Markaziy Osiyo mamlakatlari logistika jarayoniga qanday taʼsir qilishi haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek