Oltin ikki kundan beri pasaymoqda

eʼlon qilindi
Markaziy Bank ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: bashta/Depositphotos

Oltin tezlik bilan o‘sishdan so‘ng pasayish tendensiyasini boshladi. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, besh grammlik oltin quymaning narxi 4,96 mln soʻmni tashkil qildi.

Boshqa og‘irlikdagi quymalarning narxi ham tushgan. 10 grammlik quyma 9,92 mln so‘m bo‘lib turibdi, 20 grammlik quymaning narxi 19,83 mln so‘m va 50 grammlik quyma esa 49,59 mln so‘mga baholandi.

O‘tgan haftada qimmatbaho metallning narxi ko‘tarilishi, Yaqin Sharqdagi keskinlik va AQSh Federal rezerv tizimi tomonidan foiz stavkalarining pasayishi kutilayotgani sabab bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oltin quymalarni sotib olish uchun Markaziy bank Telegram botidan foydalangan holda, o‘zi uchun yaqin bo‘lgan ro‘yxatdagi banklardan sotib olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek