Parijdagi Eron konsulligiga bostirib kirgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
U bilan portlovchi moddalar bo‘lmagan
Foto: Reuters

Huquq-tartibot idoralari Parijdagi Eron konsulligiga kirgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.

Hujum qilgan shaxs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 17:45 da qo‘lga olindi. Shuningdek, unda portlovchi moddalar bo‘lmagani ma’lum qilingan.

Ayni damda erkak BRI maxsus tergov va tezkor harakat brigadasi xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda. Xodimlar qo‘lga olingan shaxs kelgan avtomobilni ham ko‘zdan kechirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Isroil Eron hududiga «cheklangan xususiyatga ega» zarba bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek