Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Juma kuni ertalab
Rasm: Piqsels

O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida juma kuni erta tongda uch magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar berdi mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi.

Mirishkor tumani aholisi mahalliy vaqt bilan soat 05:15 da yer silkinishini his qilgan. Zilzila episentri Toshkentdan 448 km uzoqlikda.

Kecha O‘zbekistonning  boshqa viloyatlarida ham zilzila qayd etilgan edi. Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo va Andijon aholisi his qildi. Yer silkinishi kuchi ikki ballga baholandi.

 «Kursiv» mart oyi boshida Qashqadaryo viloyatida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek