Toshkentda marafon o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim markaziy ko‘chalar yopiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
21-aprel kuni
Rasm: Kursiv

21-aprel kuni Toshkentda markaziy ko‘chalari yopiladi. Bunga sabab BYD-Tashkent xalqaro marafon va «Yangi nafas» marafonlari bo‘lib o‘tadi.

Soat 04:30 dan 14:00 gacha yo‘llar yopiladi. 

Quyidagi ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi:

  • Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;
  • Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
  • Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
  • Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;
  • Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;
  • Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.

Eslatib o‘tamiz, bugundan Toshkent kichik halqa yoʻli shu haftadan qisman yopiladi.

Shuningdek