21-aprel kuni Toshkentda markaziy ko‘chalari yopiladi. Bunga sabab BYD-Tashkent xalqaro marafon va «Yangi nafas» marafonlari bo‘lib o‘tadi.
Soat 04:30 dan 14:00 gacha yo‘llar yopiladi.
Quyidagi ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi:
- Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
- Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
- Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;
- Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.
Eslatib o‘tamiz, bugundan Toshkent kichik halqa yoʻli shu haftadan qisman yopiladi.