20-aprel kuni respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 20-aprel kuni respublikaning Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 24-29 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Quyoshli va quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘ tepaliklarida qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 13-18 iliq va kechasi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek