Jahon banki O‘zbekistonga raqamli iqtisodiyot qurishda yordam beradi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda Vashingtonda kelishuv imzolangan
Rasm: Jahon banki

Jahon banki (JB) O‘zbekistonni raqamli iqtisodiyot qurishda qo‘llab-quvvatlovchi loyihani moliyalashtiradi. Gap $50 mlnlik dastur haqida ketmoqda.

Bu haqdagi kelishuv Vashingtonda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani va O‘zR Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tomonidan imzolandi.

Tomonlar Jahon bankining bozor islohotlari sohasidagi yordamini ham muhokama qildilar.

Eslatib oʻtamiz, Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi oʻtgan yili «Oʻzbekistonda raqamli inklyuzivlik» loyihasini amalga oshirish uchun $50 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqullagan edi.

 «Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yangi loyiha Oʻzbekistonga ITES xizmatlari sektoridan iqtisodiy oʻsish, yangi ish oʻrinlari yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish katalizatori sifatida foydalanishga yordam beradi. Bu mamlakatning qishloq va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan minglab yoshlarni o‘qitish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT-Park tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha doirasida ushbu shaxslarni ishga oladigan ITES kompaniyalari turli imtiyozlar bilan ta’minlanadi», dedi Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

Shuningdek