O‘zbekiston Turkmaniston yuk tashuvchilarning kirishini chekladimi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
“Kursiv” ushbu masala yuzasidan izoh olish uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi
Rasm: Kadrby / depositphotos.com

O‘zbekiston ikki davlatda hujjatlarni rasmiylashtirish shartlari nomutanosibligi sababli turkman tashuvchilarining kirishini cheklaydi. Bu haqda LogiStan Telegram kanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. «Kursiv» ushbu masala yuzasidan izoh olish uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi.

«O‘zbekistonlik haydovchilar Turkmaniston vizalarini 20 kundan 40 kungacha oladi va berish shartlari juda qiyin. Shu bilan birga, Turkmaniston yuk tashuvchilari O‘zbekiston vizalarini uch kun ichida oladi», deb mualliflar ta’kidlaydi.

LogiStan manbasining aytishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qo‘shni respublikadagi hamkasblari bilan kelishuvga erishishga uringan. Bir necha kun oldin bu borada kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan edi, biroq Turkmaniston tomoni rad javobini berdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston tashuvchilari uchun teng shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishgandan keyingina mojaro hal bo‘lishi kutilmoqda.

 Avvalroq LogiStan Turkmanistonning O‘zR Buxoro viloyati bilan chegarasidagi «Farap» nazorat-o‘tkazish punktida 500 dan ortiq yuk avtomobillari to‘planib qolgani haqida xabar bergan edi. Aytilishicha, O‘zbekiston oxirgi 10 kundan beri yuk tashuvchilarga ruxsatnoma blankalarini bermagan.

Shuningdek