O‘zbekiston U-23 Quvayt ustidan g‘alaba qozondi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hisob 5:0
Rasm: O‘FA

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatining 2-tur bahsida O‘zbekiston U-23 Quvaytni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

«Saoud Bin Abdulrahman» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda 1-taymning 32-daqiqasida Alibek Davronov hisobni ochdi va 1-taym yakunlandi.

2-taymda esa gollar seriyasi bo‘ldi. 49-daqiqada Muhammadqodir Hamraliyev hisobni 2:0 qildi. 55-daqiqada Hojimat Erkinov raqib darvozasiga to‘p yubordi va hisobni 3:0 o‘zgartirdi. 71-daqiqada Quvayt futbolchisi Hamad Al Tavil qizil kartochka olgani uchun o‘yindan chetlatildi. 86-daqiqada Quvayt darvozasiga penalti belgilandi va Diyor Xolmatov darvozaga aniq zarba berib hisobni 4:0 qildi. 90+5-daqiqada esa Husayn Norchayev 5 golni darvozaga yubordi va olimpiya jamoamiz yirik g‘alabaga erishdi.

2-tur yakuniga ko‘ra, Timur Kapadze shogirdlari D-guruhida 6 ochko jamg‘arib birinchi o‘rinda. Ikkinchi o‘rinda 6 ochko bilan Vyetnam terma jamoasi joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-turda O‘zbekiston Malayziya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Shuningdek