O‘zbekiston U-23 Quvaytga qarshi maydonga tushadi

eʼlon qilindi
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 boshlanadi
Rasm: O‘FA

Bugun, 20-aprel kuni U-23 jamoalar o‘rtasida Osiyo kubogi 2-tur bahslaridan joy olgan O‘zbekiston – Quvayt o‘yini bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘FA.

«Saoud Bin Abdulrahman» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da olimpiya terma jamoa to‘liq oq libosda maydonda to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, 1-turda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi malayziyalik futbolchilar ustidan 2:0 hisobida ustun kelgan. Gollarni Jasur Jaloliddinov va Ulug‘bek Hoshimov urishgan edi.

Shuningdek