Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Havo harorati +23…+25° bo'ladi
Foto: Piqsels

Toshkentda 22-aprel, dushanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Poytaxtda oʻrtacha kunlik havo harorati +23…+25° boʻladi.

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, soat 9:00 da Toshkent shahri havosida PM2,5 (chang, asfalt va boshqa birikmalar) miqdori me’yordan toʻqqiz baravar oshgan.

Bugun O‘zbekistonning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zoni yuzaga kelishi mumkin. Respublikada havo harorati +22-27° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda qor ko‘chkisi va sel oqimi xavfi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» Samarqanddagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida yozgan edi.

Shuningdek