Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Devid Kemeron barcha Markaziy Osiyo davlatlariga borishni rejalashtirmoqda
Rasm: Shutterstock

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Britaniyaning Independent nashri xabar berdi.

22-aprel kuni Devid Kemeron Tojikistonga keldi. Shuningdek, u Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistonga borishni rejalashtirgan. Uning tashrifidan asosiy maqsad savdo aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Independent nashrining yozishicha, vazirning Markaziy Osiyoga safari sobiq SSSR davlatlari orqali Rossiyaga Britaniyaning yuqori toifali avtomobillari eksport qilinayotgani haqidagi xabarlar fonida sodir bo‘ldi. Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya Federatsiyasiga avtomobil yetkazib berish taqiqlangan edi.

Tashrif chog‘ida u Chevening stipendiyalari uchun mablag‘ ikki baravar ko‘paytirilishini, shuningdek, kelgusi uch yil davomida mintaqa bo‘ylab rivojlanish uchun 50 mln funt sterling (taxminan $61,8 mln) ajratilishini e’lon qiladi. Shuningdek, u ingliz tilini ommalashtirish bo‘yicha yangi dastur ishga tushirilishi haqida e’lon qiladi.

Shuningdek