Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil 22-aprel bo‘yicha, Oʻzbekiston aholisi 37 mln kishini tashkil qilgan.
Ulardan 18,6 mln nafari erkaklar, 18,3 mln nafari ayollardir, deya taʼkidlanadi agentlik xabarida.
2030-yilda O‘zbekiston aholisi soni 41 milliondan oshishi kutilmoqda, 2040-yilda bu ko‘rsatkich 46 millionga, 2050-yilda esa 50 millionga yetadi. Eng katta o‘sish Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida kutilmoqda.
Kelgusi 26 yil ichida mehnatga layoqatli aholi ulushi 56 foizni tashkil etadi va pasaymaydi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 29,3 mln so‘mga yetganini e’lon qilgan edi.