Surxondaryoda mehmonxonalar qurilishi subsidiyalar bilan rag‘batlantiriladi

eʼlon qilindi
Ushbu chora-tadbirlar respublika hukumati tomonidan tasdiqlandi
Rasm: Booking.com

O‘zbekiston hukumati Surxondaryo viloyatida mehmonxonalar qurilishini rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Hujjat matni bilan Lex.uz portalida tanishish mumkin.

Joriy yilning may oyi boshidan 2026-yil oxirigacha investorlar mehmonxonalar qurilishi uchun bir martalik subsidiyalar olishlari mumkin bo‘ladi. To‘lovlar mehmonxona reytingiga qarab beriladi.

Ikki yulduzli mehmonxonaning har bir xonasi uchun to‘lovlar miqdori 25 mln so‘mni tashkil qiladi. «Bir yulduzli» mehmonxona – har bir xona uchun 20 mln so‘m. «Yulduzsiz» mehmonxonaga – 15 mln so‘m beriladi.

Pulni olish uchun kamida ikki qavatli mehmonxona qurish kerak.

Subsidiyalarni olish uchun hujjatlar Yagona davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali taqdim etiladi. Arizalarni ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 20 ish kunigacha bo‘ladi. Tasdiqlangandan so‘ng pul sakkiz kun ichida investorga beriladi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda O‘zbekistonda mehmonxonalar soni 5,5 mingdan oshganini yozgan edi, bu ko‘rsatkich olti yil ichida yetti barobardan ko‘proqqa oshgan.

Shuningdek