“Toshkent” RFB va Abu-Dabi birjasi raqamlashtirish boʻyicha hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Tomonlar tegishli memorandum imzoladilar
Rasm: Toshkent respublika fond birjasi

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB) va Abu-Dabi fond birjasi elektron savdo va savdodan keyingi tizimlar sohasida hamkorlik qiladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston savdo maydonchasi matbuot xizmati.

Hamkorlik memorandumi o‘tgan hafta, 19-aprel kuni imzolangan edi. Birjalar innovatsiyalarni ham rivojlantirish niyatida.

Hujjat, shuningdek, «Toshkent» fond birjasi uchun Yaqin Sharqdagi raqamli almashuv markazi Tabadul Digital Exchange Hubning beshinchi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini  beradi.

«Tabadul tashabbusi Oʻzbekiston kapital bozoriga xorijiy investorlar uchun qulay kirishni ta’minlash, bizning strategiyamizga mos keladi» — «Toshkent» RFB Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili shunday dedi.

Avvalroq «Kursiv» o‘tgan yil oxirida «Toshkent» fond birjasi yangi savdo maydonchasini ishga tushirgani haqida e’lon qilgan  edi.

Shuningdek