Toshkent shahrining Chilonzor tumanida gaz quvurida avariya yuz berdi

eʼlon qilindi
3,3 ming xonadonda gaz ta’minoti o‘chirildi
Foto: Piqsels

22-aprel, dushanba kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi gaz quvurida avariya yuz berdi, deb xabar berdi tuman hokimligi.

Favqulodda hodisa natijasida Xontupi, Bektupi, Mevazor, Xayrobod, 2-Qatortol, Sharq tongi, Katta Xirmontepa, Bo‘rijar va Yakkatut mahallalaridagi 1,7 ming yerli uy, shuningdek, 3,3 ming xonadonda gaz uzildi.

Chilonzor tumanida 8 ta novvoyxona va 16 umumiy oshxonalar ham gazsiz qolgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda gaz va elektr narxining oshishi sabablari haqida yozgan edi.

Shuningdek