22-aprel, dushanba kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi gaz quvurida avariya yuz berdi, deb xabar berdi tuman hokimligi.
Favqulodda hodisa natijasida Xontupi, Bektupi, Mevazor, Xayrobod, 2-Qatortol, Sharq tongi, Katta Xirmontepa, Bo‘rijar va Yakkatut mahallalaridagi 1,7 ming yerli uy, shuningdek, 3,3 ming xonadonda gaz uzildi.
Chilonzor tumanida 8 ta novvoyxona va 16 umumiy oshxonalar ham gazsiz qolgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda gaz va elektr narxining oshishi sabablari haqida yozgan edi.