Toshkentning Yakkasaroy tumanida bepul Wi-Fi paydo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Mahallalardan birida
Foto: «Kursiv»

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan birida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etiladi, deb xabar qildi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Bepul Wi-Fi zonasi Bobur mahallasidan joy olishi kutilmoqda. Uning hududida sog‘lomlashtirish va mashq qilish joylari, velosiped yo‘llari hamda amfiteatr tashkil etish rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentning ko‘chalaridan biri o‘n kunga yopilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek