UzAuto Motors Damas avtomobillarini qayta shartnomaga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Avtomobilning narxi 96 370 000 so‘mni tashkil qiladi.
Rasm: UzAuto

23-aprel soat 10:00 da Damas avtomashinalari uchun onlayn shartnomalar ochiladi. Bu haqda UzAuto kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomobil narxi 96 370 000 so‘m. Xaridorlar oldingi shartnoma davomida chiqarilgan avtomobillarni sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Gap o‘z vaqtida to‘lanmagan bekor qilingan shartnomalar haqida bormoqda.

Damas avtomashinasini xarid qilish bo‘yicha shartnomani faqat savdo.uzavtosanoat.uz saytida onlayn tarzda tuzish mumkin bo‘ladi. Telegram boti va O‘zAvtosavdo ilovasida faqat navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqidagi ma’lumotlarni kuzatish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni UzAuto Motors 18 mingta Labo avtomobili uchun onlayn-shartnoma yakunlangani haqida xabar bergan edi. Jarayon 55 daqiqa davom etdi. Avtomobillarning asosiy qismi (99 foizi) O‘zbekiston rezidentlari tomonidan, 1 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.

Shuningdek