24-aprel kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkaziladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Foto: Wastesoul/ depositphotos.com

24-aprel, chorshanba kuni Toshkent shahrida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi oʻtkaziladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.

Shuningdek, fuqarolardan ham jamoat transportlaridan va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.

Avvalroq «Kursiv» «Avtomobilsiz kun» doirasida Kanadaning Oʻzbekistondagi elchisi ishga avtobusda borishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek