23-aprel, seshanba kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi yuqori voltli podstansiyada avariya yuz berdi, deb xabar berdi «HETK».
Hodisa tufayli «Adolat», «Billur», «Qoshchinor», «Mingchinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Uchqahramon», «Hasanboy», «Katta Hasanboy», «Hamkorobod», «Sharq haqiqati», «Tiklanish», «Islomobod», «O‘zbekiston mustaqilligi», «Yangi bog‘», «Yunus ota», «Sevinch», «Ahmad Donish», «Qadrdon», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Uvaysiy», «Kulol» hamda «Yolayriq» mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi elektr ta’minotisiz qolgan.
«HETK» mutaxassislar tomonidan muammolarni bartaraf etish ustida ish olib borilayotgani, yaqin vaqtda elektr taʼminoti tiklanishini taʼkidladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Chilonzor tumanidagi gaz quvuridagi yuz bergan voqea haqida yozgan edi.