KDB Bank Uzbekistan sof daromadini 109 mlrd soʻmga oshirdi

eʼlon qilindi
Bank hisobotiga ko‘ra
Foto: KDB Bank Uzbekistan

KDB Bank Uzbekistanning joriy yilning yanvar-mart oylarida sof foydasi 108,9 milliard soʻmga yetdi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 19,2 foizga koʻp. Bu haqda bank o‘z moliyaviy hisobotida xabar berdi.

Yil davomida bankning foiz daromadlari 44,2 foizga oshib, 171,2 milliard soʻmni tashkil etdi. Foizsiz daromadlari esa 1,6 foizga kamayib, 42,6 milliard soʻmga yetdi.

KDB Bank Uzbekistan 1997-yilda tashkil etilgan. Moliyaviy tashkilotning asosiy aksiyadori Janubiy Koreyaning KDB – 86,32 foiziga egalik qilsa, Oʻzbekiston Milliy banki va Turon banki mos ravishda 10,31 va 3,37 foizni tashkil qildi.

Oʻzbekistondagi kichik banklarning joriy yilning birinchi choragidagi faollik reytingiga koʻra, KDB Bank Uzbekistan 14 bank orasida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

Avvalroq Kursiv «Andijonkabel» oʻtgan yili KDB Bank Uzbekistandan 15 milliard soʻm miqdorida kredit jalb qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek