Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa xarajatlarini qisqartirdi

eʼlon qilindi
2023-yil yakunlariga ko‘ra
Foto: LyazaTretyakova/Depositphotos

2023-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa xarajatlari uchun $1,8 milliard sarfladi. Bu 2022-yilga nisbatan 5,3 foizga kamdir. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotida maʼlum qilindi.

Taʼkidlash joizki, institut mutaxassislari maʼlumotlar yoʻqligi sababli Oʻzbekiston va Turkmanistonni ushbu roʻyxatga kiritadi. SIRPI Markaziy Osiyo davlatlari so‘nggi toʻqqiz yil ichida mudofaa xarajatlarini 16 foizga qisqartirganini taʼkidladi.

Shuningdek, oʻtgan yili jahondagi umumiy mudofaa xarajatlari rekord darajadagi $2,3 trillionga yetdi.

Harbiy xarajatlarning eng katta oʻsishi Yevropa, Osiyo, Okeaniya va Yaqin Sharqda qayd etildi. Bunga geosiyosiy vaziyatning yomonlashuvi sabab boʻldi.

Qoʻshma Shtatlar mudofaa xarajatlari boʻyicha yetakchiga aylandi. Oʻtgan yili mamlakat byudjetidan mudofaaga $916 milliard ajratildi. Xitoy $296 milliard bilan reytingda ikkinchi oʻrinni egalladi. kuchli uchlikni $109 milliard bilan Rossiya yakunlab berdi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda eng kuchli armiyalari reytingida (PowerIndex) Oʻzbekiston 65-oʻrinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek