Oʻzbekiston YaIM sun’iy intellekt yordamida 2030-yilda qoʻshimcha $10 mlrdga oʻsishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda Sberbank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Vedyaxin ma'lum qildi
Foto: Sber

Oʻzbekiston Respublikasi YaIM sun’iy intellektdan samarali foydalanish orqali 2030-yilda qoʻshimcha $10 milliardga oʻsishi mumkin. Bu haqda Sberbank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Vedyaxin «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat koʻrgazmasida ma’lum qildi.

Koʻrgazmada ishtirokchilar sun’iy intellektni Rossiya va Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida joriy qilishni muhokama qildi. Muhokamalarda Sanoat va agrosanoat kompleksi hay’ati a’zosi Gohar Barsegyan, Alif Uzbekistan kompaniyasi bosh direktori Nuriddin Lafizov, NewMax Technologies asoschisi va boshqaruvchisi Akmal Payziev hamda yana bir qancha mutaxassislar ishtirok etdi.

«Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti sun’iy intellektdan faol foydalanish hisobiga 2030-yilda $10 mlrdga oʻsadi, ya’ni qoʻshimcha 7 foizga», dedi sessiya moderatori Aleksandr Vedyaxin.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Sberbank biznes jarayonlarini sun’iy intellekt yordamida foydalanish boʻyicha katta tajribaga ega.

Shuningdek, Oʻzbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va ularni amalda tatbiq qilish masalalari koʻrildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasi faol rivojlanayotgani va bu biznes samaradorligida aks etayotgani haqida maqola taqdim qilgan edi.

Shuningdek