Bugun, 23-aprel kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi 3-tur bahslari o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘FA.
Toshkent vaqti bilan soat 20:30 «Khalifa International» stadionida O‘zbekiston Vyetnamga qarshi to‘p suradi.
Aytish joizki, bugungi uchrashuvga ikki nafar legioner milliya jamoaga qo‘shilgan. Abduqodir Husanov «Lans» futbol klubining himoyachisi va Abbosbek Fayzullayev «SSKA» klubining yarim himoyachisi bugungi o‘yinda ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze shogirdlari 2-turda Quvayt ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan edi.