O‘zbekistonda dronlar jinoyatchilikka qarshi kurashadi

eʼlon qilindi
Ular qidiruv ishlari olib borishda ham yordam beradi
Foto: Piqsels

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilikka qarshi kurashda uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) foydalanadi, deb xabar berdi O‘zA agentligi.

Shuningdek, dronlar yo‘llardagi baxtsiz hodisalarni aniqlash, qidiruv-qutqaruv ishlarida yordam berish va o‘g‘rilangan avtomobillarni topish imkonini beradi.

Agentlik xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz uchish apparatlari bilan tanishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek