O‘zbekistonda haydovchilarning maoshi oshmoqda

eʼlon qilindi
Va ularga bo‘lgan talab ham
Rasm: belchonock/Depositphotos

O‘zbekistonda haydovchilarning maoshi oshib va bu kasbga talab ortib bormoqda, deb xabar berdi HH.uz matbuot xizmati «Kursiv» nashriga.

O‘tgan yili respublika ish beruvchilari tomonidan o‘rtacha 5,5 mln so‘mdan ortiq ish haqi taklif qilingan edi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 35 foizga oshgan.

HH.uz’da haydovchilarga eng ko‘p talab Toshkent, Samarqand, Buxoro va Namanganda qayd etilgan.

Mamlakatda eng ko‘p maosh oladigan bo‘sh ish o‘rinlari taksi haydovchilari va yuk mashinalari haydovchilaridir – 12 mln so‘mdan 24 mln so‘mgacha.

 «HH.uz» joriy yilning aprel oyi holatiga ko‘ra, respublikada haydovchilarga bo‘lgan talab 43 foizga oshganini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Yevropa Ittifoqida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yuk mashinalari haydovchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ommaviy ravishda ekspluatatsiya qilinayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek