24-aprel kuni respublikada havo isiydi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi va sel kelishi xavfi bor
Rasm: freepik

Bugun, 24-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, quyoshli va quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati 27-32 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo quyoshli va quruq bo‘ladi, havo harorati 26-28 issiq, kechasi esa 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor va momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Sel kelishi va suv toshqini hodisalari bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo harorati 13-18 daraja iliq va kechasi 7-12 iliq bo‘ladi.

Shuningdek