Dollarning qiymati pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Uning o‘rtacha narxi 12 689,97 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

24-aprel kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 15,03 so‘mga pasaydi va 12 689,97 so‘mni tashkil qildi.

Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 625 – 12 705 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 710 – 12 770 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni dollarning o‘rtacha narxi 6 so‘mga pasaygan edi.

Shuningdek