Ivanovo viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Savdo uyi ochildi

eʼlon qilindi
Unda “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida O‘zR mahsulotlari taqdim etiladi va sotiladi
Foto: Savdo-sanoat platasi

Rossiyaning Ivanovo viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Savdo uyi ochildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Marosimda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Ivanovo viloyati hukumati vakillari, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, mazkur viloyat ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Savdo uyi Oʻzbekiston va Rossiya hududlari oʻrtasida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi. Unda «Made in Uzbekistan» yorligʻi ostidagi Oʻzbekiston sanoatining raqobatbardosh mahsulotlari taqdim etiladi va sotiladi.

Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbari Leonid Ivanov oʻz chiqishida Rossiya bozori Oʻzbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, toʻqimachilik, hunarmandchilik va kulollik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor ekanini bildirdi.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreyada Oʻzbekiston savdo uyi roʻyxatdan oʻtkazilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek