“Qizilqumsement”ning foydasi 27 martaga kamaydi

eʼlon qilindi
2024 yilning birinchi choragi yakunida
Foto: Sputnik

2024-yilning yanvar-mart oylarida «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41 milliard so‘mdan 1,5 milliard so‘mga (96 foiz) kamaydi.

Korxonaning sof daromadi shu davr mobaynida 22 foizdan ko‘proqqa pasayib, 279 milliard so‘mni tashkil etdi.

«Qizilqumsement»ning xarajatlari 57 milliard so‘mdan 90 milliard so‘mga oshgan. Shu bilan birga, kompaniya aktivlari 1,7 foizga o‘sdi va salkam 3,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil fevral oyi oxiriga kelib O‘zbekistonda 36 ta sement zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. «Qizilqumsement»dan tashqari ana shunday yirik korxonalardan biri «Ohangarontsement»dir. Bundan tashqari, o‘tgan yili O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida «Hengyuan Cement» korxonasi paydo bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Amerikaning «Ohangarontsement»ga qarshi sanksiyalaridan xavotir bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek