Toliblar ilmiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Hujjatni Tolibonning tahrir va tarjima bo‘limi rahbari imzolagan
Foto: Piqsels

«Tolibon» ilmiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni taqiqlagan. Taqiqlash haqidagi hujjatni «Tolibon»ning oliy ta’lim vazirligi tahrir va tarjima departamenti rahbari Hamidulla Muzzammila imzoladi, deb xabar berdi Sputnik.

Bundan buyon Amirlikda ilmiy asarlarni faqat dari va pushtu tillariga tarjima qilishga ruxsat berilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktabr oyida «Tolibon» harakati davlat matbuotiga Oʻzbek tili kunini oʻtkazishda ishtirok etish va yoritishni taqiqlagan edi.

2018-yilning 21-dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbek tili kuni rasmiy bayram deb e’lon qilingan edi. Biroq «Tolibon» davrida bu bayram davlat darajasida nishonlanmadi.

Avvalroq «Kursiv» Tolibonning O‘zbekistonga diplomatik vakilini yuborish rejalari haqida yozgan edi.

Shuningdek