“Istirohat bogʻlari xalqniki boʻlishi kerak” – Adolat partiyasi

eʼlon qilindi
Mazkur holat yuzasidan partiya bayonot berdi
Фото: «Adolat» partiyasi telegram-kanali

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi poytaxtdagi Abdulla Qodiriy nomidagi va Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘lari ijarasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Bayonot matni siyosiy birlashmaning Telegram-kanalida e’lon qilingan.

 «Adolat»ning bayonoti «Istirohat bog‘lari xalqniki bo‘lishi kerak» deb nomlangan. Vaziyatni o‘rganish maqsadida deputatlar hokimlik vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazishdi. Yig‘ilishda poytaxt hokimiyati bog‘ hududini saqlab qolish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, «Adolat» partiyasi istirohat bog‘larini ijaraga berishdan oldin, bu tashabbusni jamoatchilik va poytaxt hokimligi bilan muhokama qilish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Toshkent shahar hokimligi Abdulla Qodiriy nomidagi va Do‘stlik bog‘lari rekonstruksiya qilinib, «BMP Smart Decision Management» kompaniyasiga ijaraga berilgani haqida xabar bergan edi.

Bu kompaniya oldin G‘afur G‘ulom (sobiq Mirzo Ulug‘bek) nomidagi istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilgan.

Shuningdek, «BMP Smart Decision Management» kompaniyasi Do‘stlik bog‘ida attraksionlar o‘rnatish niyatida ekani ma’lum qilingan. Biroq toshkentliklar bu tashabbusga qarshi.

Shahar aholisi ko‘ngilochar obyektlarni o‘rnatmasdan jamoat joylarini saqlab qolish tarafdori.

Avvalroq «Kursiv» mamlakatimizda 444 ta yashil bog‘ tashkil etilishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek