O‘zbekiston Malayziyani yirik hisobda yengdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hisob 29:0

Bugun, 25-aprel kuni xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati.

Soat 19:30 «Humo» arenasida O‘zbekiston-Malayziya bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Hamyurtlarimiz Malayziya vakillari ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

1-bo‘limda jami milliy terma jamoa tomonidan 9 ta gol kiritildi. Gollar mualliflari: Ruslan Sultonov (2 gol), Salohiddin Azimov (2 gol),  Ilya Popov, Muhammaddiyor G‘aniyev, Timur Habibov,  Bogdan Halevin, Samir Mirzoboyev.

2-bo‘imda esa Saidakbar Ravshanov, Salohiddin Azimov (2 gol), Muhammaddiyor G‘aniyev, Abduqayum Abduvosiqov (2 gol), Aziz Muhammadboyev (2 gol), Ruslan Sultonov, Oleg Semyonov, Timur Habibov (2 gol), Bogdan Halevin va Ilya Popov (2 gol) javobsiz Malayziya darvozasiga 15 ta gol kiritishdi.

Va so‘nggi 3-bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi raqibni qiynashmadi, atigi 5 gol bilan cheklanishdi. Timur Habibov (2 gol), Ruslan Sultonov, Abduqayum Abduvosiqov va Muhammaddiyor G‘aniyev gollar urishdi. O‘zbekiston-Malayziya bahsi 29:0 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi.

Avvalroq «Kursiv» xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogida O‘zbekiston Eronni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek