O‘zbekistonda ayollar pensiyaga chiqqandan keyin erkaklarga qaraganda ko‘proq ishlashadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Mamlakatda 579 ming nafar ishlayotgan pensioner bor.
Rasm: Kursiv

O‘zbekistonda ayollar pensiyaga chiqqandan keyin ham erkaklarga qaraganda ko‘proq ishlashadi. Respublikada jami 579 995 nafar pensiya yoshidagi fuqarolar mehnat faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan 345 397 nafari ayollar, 234 598 nafari erkaklardir.

Ularning asosiy qismi (328 ming nafari) xususiy korxonalarda, qolganlari (252 ming nafari) davlat tashkilotlarida ishlaydi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik pensionerlarni avtomatik tarzda sanatoriyga navbatga qo‘yilishi haqida e’lon qilingan edi.

Shuningdek