2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi $2,5 milliardni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy davlatlardan pul o‘tkazmalari pasayishi kuzatilmoqda (Rossiyaning ulushi 68 foizga tushdi), biroq boshqa xorij davlatlaridan mamlakatga pul o‘tkazmalari ortib bormoqda.
Avvalroq «Kursiv» nima uchun O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgartirmaganini e’lon qilgan edi.