Xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogida O‘zbekiston-Malayziya bahsi bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Soat 19:30 Humo arenada
Rasm: uz.hockey

Bugun, 25-aprel kuni «Humo» arenada 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya kubogining navbatdagi o‘yini bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati.

Soat 19:30 A-guruhidan joy olgan O‘zbekiston Malayziyaga qarshi muzga chiqadi. Soat 16:00 A-guruhidan boshqa oyin ham bo‘lib o‘tadi, unda Tailand yoshlari Eron vakillariga qarshi bahs olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, milliy jamoa Eron ustidan 19:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Malayziya birinchi o‘yinda Quvaytni 56:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Shuningdek