Kartalardan naqd pul yechib olish asta-sekin kamaymoqda

eʼlon qilindi
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra
Rasm: Skorzewiak/www.depositphotos.com

Joriy yilning yanvar-mart oylarida banklarning naqd pul aylanmasi 216 trln so‘mni tashkil etdi. Yillik oʻsish 24 foizni tashkil qildi, deyiladi Oʻzbekiston Markaziy banki hisobotida.

Regulyator ma’lumotlariga koʻra, dastlabki uch oyda bank kassalari va bankomatlar orqali jami 107 trln soʻmlik naqd pul muomalaga chiqarilgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga koʻpdir.

2023-yil yanvar-mart oylarida bank kartalarga kelib tushgan mablagʻlarning 24 foizi naqdlashtirib olingan boʻlsa (2022-yil yanvar-mart oylarida 28 foizni), joriy yilda 23 foizni tashkil etdi. Bundan xulosa chiqarsa boʻladi: yildan-yilga kartalardan pulni naqdlashtirish asta-sekin kamaymoqda.

Birinchi chorak yakunida naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 20,1 foizga yetdi, yillik pasayish 2,2% ni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston hukumati davlat kompaniyalari uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini qattiqlashtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek