Futbol bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston U-23 Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi

eʼlon qilindi
Soat 19:00 boshlanadi
Rasm: O‘FA

Bugun, 26-aprel kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U23 pley-off bahsi o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Toshkent vaqti bilan soat 19:00 Khalifa International stadionida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni chorak finali o‘yini bo‘lib o‘tadi. Milliy terma jamoa maydonga to‘liq oq libosda maydonga tushadi.

«Albatta, raqibimiz oʻziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoa bilan koʻp oʻynaganmiz. Jamoa va uning murabbiyi imkoniyatlari haqida bilamiz. Biroq biz ham oʻz strategiyamiz va rejamiz boʻyicha harakatlanamiz», dedi jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 Vyetnam ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi. Hamyurtlarimiz «D» guruhida 9 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rin bilan pley-off bahslariga chiqdi.

Shuningdek